» » VKontakte Putinning “qabrtoshi” rasmi bo‘lgan postlarni qaytardi

VKontakte Putinning “qabrtoshi” rasmi bo‘lgan postlarni qaytardi


VKontakte ijtimoiy tarmog‘i Vladimir Putinning “qabrtoshi” bo‘lgan postlarni ko‘rib chiqib, uni qaytarishga qaror qildi, deb yozadi Afishi Daily.

Bu haqda VKontakte matbuot kotibi Dmitriy Lushnikov ma’lum qilgan.

“Avvalroq ushbu suratlarda montaj va fotoshop belgilari kuzatilgan. Keyinroq Naberejniye Chelni shahar sudi aksiya haqiqatan ham o‘tkazilganini tasdiqlagan, installyatsiyaning og‘zaki ta’rifi esa ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratlarga mos kelgan”, — degan u.

Uning ta’kidlashicha, bu tasdiqlanmagan ma’lumotning ommaviy tarqalishiga qarshi ko‘rilgan choralarning birinchisi emas. Yuqoridagi vaziyatda suratlarni soxta deb topgani uchun ularni yashirib qo‘yib adashgan, vaziyat oydinlashgach ularni qaytirishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10-mart kuni aksiya o‘tkazilib, Rossiyaning Naberejniye Chelni shahridagi hududiy tergov boshqarmasi binosi oldida prezident Vladimir Putinning “qabrtoshi” qo‘yib ketilgan.

VKontakte tarmoqda tarqalgan suratlarni prezidentning o‘limi haqida tarqatilgan yolg‘on ma’lumot deb topib, ushbu suratlar bo‘lgan postlarni o‘chirib tashlagan.

Mavzuga doir: Rossiyada Vladimir Putinga “qabrtoshi” qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Mavzuga doir: Rossiyada Vladimir Putinga “qabrtoshi” qo‘ygan yana bir aktivist hibsga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют