» » Angliyaning 4 ta klubi 10 yil ichida ilk marta Chempionlar Ligasining 1/4 finaliga chiqdi

Angliyaning 4 ta klubi 10 yil ichida ilk marta Chempionlar Ligasining 1/4 finaliga chiqdi


13-mart, chorshanba kuni “Liverpul” safarda “Bavariya”ni mag‘lub etib, joriy mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi ning 1/4 finaliga chiqqan to‘rtinchi ingliz klubi bo‘ldi.

Avvalroq “Tottenhem”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” ushbu bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Shunday qilib Angliyaning bir yo‘la 4 ta jamoasi 2008/09-yilgi mavsumdan buyon ilk marta chorak finalga chiqdi, deb xabar berdi Opta.

O‘sha mavsum Rimda bo‘lib o‘tgan final bahsida “Barselona” “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etgandi.

Bundan tashqari Italiya (“Yuventus”), Ispaniya (“Barselona”), Portugaliya (“Portu”) va Niderlandiya (“Ayaks”) dan bittadan jamoa 1/4 finalda o‘z yurishini davom ettiradi.

Chorak finalga Top-5 chempionatlar sirasiga kiruvchi Germaniya hamda Fransiya klublaridan birortasi chiqa olmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют