» » Yevropa Ligasida bugun 1/4 final ishtirokchilari malum boladi

Yevropa Ligasida bugun 1/4 final ishtirokchilari malum boladi


14-mart, payshanba kuni futbol boyicha Yevropa Ligasi 1/8 finalining barcha javob uchrashuvlari bolib otadi.

Mauritsio Sarri qol ostidagi Londonning Chelsi klubi safarda Kiyevning Dinamo jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Eslatib otamiz, aristokratlar birinchi oyinda kiyevliklarni yirik hisobda maglub etgandi (3:0).

Italiya chempionatida ikkinchi orinda borayotgan Napoli klubi Avstriyaning Zalsburg jamoasi maydoniga safar qiladi. Takidlash joiz, neapolliklar 1/8 finalning dastlabki uchrashuvida Zalsburgni 3:0 hisobida maglubiyatga uchratgandi. Ikkala oyin ham Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da boshlanadi.

Angliya premyer ligasining 30-turida Manchester Yunaytedni maglub etgan (2:0) Arsenal klubi Emireyts stadionida Fransiyaning Renn jamoasini qabul qiladi. Malumot uchun, topchilar Renn maydonida kechgan bellashuvda 1:3 hisobida yutqazgandi.

Luchano Spaletti boshqaruvidagi Milanning Inter klubi Juzeppe Meatssada Germaniyaning Ayntraxt jamoasi bilan bahsga kirishadi. Malumot uchun, musobaqaning dastlabki bahsida tomonlar durang natija qayd etdi. Ikkala uchrashuv tungi soat 01:00 da start oladi.

Yevropa Ligasi

1/8-final bahslari

14-mart, payshanba

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (14-03-2019, 17:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -