» » Xitoyda o‘zbek talabalari “O‘zbekistonga sayohat qil!” shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazdi

Xitoyda o‘zbek talabalari “O‘zbekistonga sayohat qil!” shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazdi


Xitoyning Chengdu shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyatini faol targ‘ibot qilish maqsadida bir guruh vatandoshlar tomonidan istirohat bog‘lari va yirik savdo-ko‘ngilochar majmualarida “O‘zbekistonga sayohat qil!” shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Aksiya davomida mahalliy aholiga qo‘mita tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari tarqatildi va ularga mamlakat haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

“Aksiyada mahalliy aholi vakillari, jumladan do‘stlarimiz, kursdoshlarimiz, professor-o‘qituvchilarimiz va boshqa qiziquvchilar ishtirok etib, ularga O‘zbekistonning turizm salohiyati, jumladan, o‘zbek milliy taomlari, urf-odatlari va xalqimizning mehmondo‘stligi haqida batafsil ma’lumot berdik. Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilariga O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida targ‘ibot materiallari tarqatib, videoroliklar namoyish etdik”, — deydi talaba Nodir Utashev.

Shuningdek, Chengdu shahrida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan xususiy turizm kompaniyalari hamda Sichuan universitetida tahsil olayotgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Pokiston va Bangladesh kabi mamlakatlar vakillariga O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, jumladan, viza tizimining takomillashtirilganligi haqida ma’lumotlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют