» » O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi


Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tartibga solish bo‘yicha taklifni muhokamaga qo‘ydi, deb yozadi UzNews.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, pulli avtomobil yo‘li — transport  vositalarining qonunchilikda ko‘zda tutilgan tezlik, og‘irlik va gabaritda uzluksiz va xavfsiz harakatlanishi uchun mo‘ljallangan mulkiy kompleks. Undan foydalanish pulli asosda amalga oshiriladi.

Pulli avtomobil yo‘llari respublika budjeti va hukumatning joylardagi budjet organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy yoki zayom mablag‘lari hisobidan barpo etilishi mumkin.

Pulli avtomobil yo‘ldan harakatlanish uchun to‘lov miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan operator tomonidan belgilanadi.

Bunda to‘lov miqdori turli transport vositalari uchun kun davomidagi vaqt oralig‘i, hafta kuni, oy uchun farqlanishi mumkin.

Loyiha ko‘rib chiqish bosqichida bo‘lib, unga 29-martga qadar takliflar kiritish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют