» » Namanganda xonadonga bostirib kirib, uy egalariga jarohat yetkazgan niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi

Namanganda xonadonga bostirib kirib, uy egalariga jarohat yetkazgan niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi


2019-yil 10-mart kuni soat 03:30 atrofida Namangan viloyati Norin tumani, Yaydoq mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga 3 nafar niqob taqqan noma’lum shaxs bostirib kirgan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jinoyatchilar xonadon egasining onasi, turmush o‘rtog‘i hamda uyga mehmonga kelgan xolasiga hujum qilib, pul, qimmatbaho buyum va xonadondagi seyf kalitini berishni talab qiladi, qurollari bilan ularga jarohat yetkazadi.

Uy egasining turmush o‘rtog‘i derazadan ko‘chaga qochib chiqib, qo‘ni-qo‘shnilarni chaqirganligi sababli noma’lum shaxslar voqea joyidan qochib ketgan.

Hodisa joyidan tayoq, pichoq, qaychi, charm qo‘lqop, tibbiyot qo‘lqopi, qora matoli niqoblar, sport sumkasi, yog‘ochdan yasalgan bita, otvyortka, barmoq izlari va qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar daliliy ashyo sifatida olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv xarakatlari natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahrida yashovchi Q. E. va Q. D. hamda Andijon tumanida yashovchi O. O. sodir etganliklari aniqlangan. Ayni paytda ushbu shaxslar qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют