» » Qozog‘istonlik yigit qimorda 100 million tenge yutqazdi

Qozog‘istonlik yigit qimorda 100 million tenge yutqazdi


“Ostona” telekanali jurnalistlari sakkiz yil davomida qimor o‘yinlarida 100 million tengedan ortiq pul yutqazgan yigitdan intervyu oldi, deb yozadi “Tengrinews”.

Doniyor ismli yigit (ismi o‘zgartirilgan) niqobda intervyu berishga rozi bo‘lgan. O‘ziga to‘q oiladan bo‘lgan yigit 18 yoshidan boshlab qimor o‘ynashni boshlagan. Vaqt o‘tgan sari qimorga ko‘proq pul tikishni boshlagan va ularning barchasini onlayn-kazinoga sarflagan. Oylik ish haqining hammasini qimorga tikkan paytlari ham bo‘lgan.

Yigitning aytishicha, o‘z hayotini nazorat qila olmay qolgan. Hatto chet elda dam olayotgan paytida ham faqat qimor haqida o‘ylagan.

Hozir yigit 26 yoshda bo‘lib, oxirgi yo‘qotishi otasi sovg‘a qilgan mashina bo‘lgan. Uni qimorda yutqazgan pullarni to‘lash uchun sotib yuborgan.

“Agar narkomanlar giyohvand moddalarga qaram bo‘lsa, men qimor o‘yinidan, undan oladigan emotsiyalarga qaram edim. Men xuddi robot kabi edim, o‘zimni boshqara olmasdim. O‘tmishimni eslashni ham xohlamayman. Yaqinlarimning, do‘stlarimning ishonchini yo‘qotdim. Vaziyat shu darajaga bordiki, hatto rafiqam bilan ajrashdim”, — deydi yigit.

Xabarda qayd etilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamning bunday holatini qaramlik deb ataydi. O‘tgan yildan boshlab o‘yinlarga qaramlik kasallik deb rasman tan olingan. Agar odam bir yil davomida bunday qaramlikdan xalos bo‘lolmasa, bunday holat ruhiy kasallik deb hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют