» » O‘zbekiston yanvar—fevral oylarida 1,2 mlrd dollarlik oltin sotdi

O‘zbekiston yanvar—fevral oylarida 1,2 mlrd dollarlik oltin sotdi


2019-yil yanvar — fevral oylarida eksport hajmi 3,03 milliard dollarga (o‘sish sur’ati 20,4%) teng bo‘ldi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Eksport tarkibida tovarlar 86,6 foiz ulushga ega bo‘lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,0%), to‘qimachilik va to‘qimachilik buyumlari (7,5%), oziq-ovqat mahsulotlari (4,2%), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,4%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (4,6%) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu uch milliard dollarning yarmidan kamrog‘i oltin hissasiga to‘g‘ri keldi - 1,2 milliard dollar. Oltinni hisobga olmaganda, eksport hajmi 45,3 foizga oshib, 1,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Agar 2018-yil bilan solishtiriladigan bo‘lsa, eksport tuzilmasida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermagan, ammo 2019-yil yanvar—fevral oylarida oltindan tashqari barcha tovar va xizmatlarning eksport ulushi oshgan.

2018-yilda O‘zbekiston 2,9 milliard dollarlik oltin sotdi. U eksportdagi eng asosiy tovarlardan biri bo‘lib qolmoqda. Masalan, 1,1 milliard dollarlik qora va rangli metallar, 1,6 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 1 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari sotildi.

2018-yil kuzida O‘zbekiston oltin eksportini to‘xtatdi, bu mamlakatning oltin zaxiralarini ko‘paytirish imkonini berdi. Yil boshida qazib olinadigan va sotiladigan oltin to‘g‘risidagi ma’lumot endi sir saqlanmasligi ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют