» » Uzun tumani Davlat xizmatlari markazi yangi binoda ish boshladi (foto)

Uzun tumani Davlat xizmatlari markazi yangi binoda ish boshladi (foto)


15-mart kuni Uzun tumani Davlat xizmatlari markazi uchun yangi bino ishga tushurildi. Ushbu bino mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qurib bitirildi, deb xabar berdi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan bino, Davlat xizmatlari agentliging tashrif qog‘oziga aylangan oq feruza ranglarda bo‘lib, bino interyeri zamonaviy dizayn standartlari asosida bezatilgan. Binoda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Xususan yumshoq mebellar bilan jihozlangan shinam kutish zallari, yosh bolali onalar uchun mo‘ljallangan bo‘lalar maydonchasi shular jumlasidandir.

Yana bir diqqatga sazovor holat borki, binoda bepul wi-fi zonasidan markazga tashrif buyuradigan fuqarolar beminnat foydalanishi mumkin.

Bino bo‘ylab joylashtirilgan 20 dan ziyod ekranlarda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan taqdim etiladigan ayrim xizmatlar to‘g‘risida axborot(informatsion) roliklar namoyish etilmoqda. Ushbu ekranlardan tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlari to‘g‘risidagi reklama roliklarini shartnoma bo‘yicha joylashtirish uchun ham foydalanishlari mumkin.

Ushbu binodan fuqarlar Davlat xizmatlaridan tashqari notaius, FHDYO bo‘yicha xizmatlardan ham foydalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, binoda tuman xalq qabulxonasi ham o‘rin olgan.

Fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida binoda bir emas ikki ta bank kassasi faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Davlat xizmatlari markazining yangi binosi 190 ming aholiga ega Uzun tuman xalqiga tezkor, qulay hamda shaffof bo‘lgan 105 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Xizmatlarni ko‘rsatish elektron navbat olish orqali amalga oshiriladi.

Yangi bino ishga tushirilgandan so‘ng Uzun tuman Davlat xizmatlari markazi bir kunda 700 dan ortiq fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsata oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют