» » Qarshi davlat universiteti professorlari Jahon bankining 2 milliard so‘mlik grantini qo‘lga kiritdi

Qarshi davlat universiteti professorlari Jahon bankining 2 milliard so‘mlik grantini qo‘lga kiritdi


AQShning Jahon Banki fondi Qarshi davlat universitetida talabalar bilimini baholashda shaffoflikni ta’minlash, mustaqil ta’limning ahamiyatini kuchaytirish, viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash orqali o‘qitish sifatini yaxshilash uchun 2019–2020-yillarda umumiy qiymati 2 millard so‘m mablag‘ sarflaydi. Bu haqda “Daryo”ga universitet matbuot xizmati rahbari Oybek Yusupov xabar bermoqda.

Oybek Yusupovning aytishicha, bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 20-fevraldagi Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasidagi Akademik innovatsiyalar fondining grant loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi buyrug‘ida ta’kidlangan. Shunga ko‘ra, Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan taqdim etilgan “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” hamda “Qarshi davlat universiteti va Qashqadaryo viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida talabalarni o‘qitish sifatini yaxshilashga qaratilgan munosabatlarni mustahkamalash” deb nomlangan grant loyihalari AQShning Jahon Banki fondi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Universitet tomonidan taqdim etilgan loyihalarda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining faoliyatini baholashning takomillashgan mexanizmini ishlab chiqish, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va uskunalaridan professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish ham nazarda tutilgan. Talabalarning magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlarini ishlab chiqarish korxonalaridagi muammoli holatlar bilan bog‘lab, korxonalarda ishlab chiqarish talablarini hisobga olgan holda o‘quv dasturlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur 2 milliard so‘m mablag‘ evaziga universitetga xorijdan zamonaviy texnik uskunalar, texnologiyalar, jihozlar va dasturiy ta’minotlar olib kelinishi ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют