» » Bahodir Jalolov aprel oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi

Bahodir Jalolov aprel oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi


Professional boksning super og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) tez orada navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bahodir Jalolov aprel oyining birinchi haftasidayoq ringga chiqishi kutilmoqda.

“10-aprelga qadar keyingi jangimni o‘tkazishni reja qilganmiz. Hozircha promouterlarim jang bo‘lib o‘tadigan manzil va raqib bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Imkon qadar reytingi baland bokschiga qarshi jang qilmoqchiman”, — deydi Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov so‘nggi bor 15-mart (Toshkent vaqti bilan 16-mart kuni) Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan jangda Villi Harvini (3 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) 2-raundda texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют