» » PSJ Mbappe yoki Neymar klubdan ketadigan bo‘lsa, ularning o‘rniga nomzodni topib qo‘ydi

PSJ Mbappe yoki Neymar klubdan ketadigan bo‘lsa, ularning o‘rniga nomzodni topib qo‘ydi


“Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmann PSJning asosiy transfer maqsadi bo‘lishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Parijliklar Kilian Mbappe yoki Neymar klubni tark etadigan bo‘lsa, Fransiya terma jamoasining 27 yoshli hujumchisini sotib olishga harakat qiladi.

Ta’kidlanishicha, avvalroq Grizmann PSJ taklifini rad etgan, endi esa u parijliklar safiga o‘tishga qat’iy qarshilik bildirmaydi.

“Atletiko” futbolchi bilan tuzgan shartnomasidagi tovon puli miqdorini kamaytirmoqchi emas. Ma’lumot uchun, Grizmanning tovon puli 200 million yevroni tashkil etadi.

Futbol tarixidagi transfer rekordi PSJga tegishli bo‘lib, klub “Barselona”dan 2017-yilda Neymarni 222 million yevro evaziga sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют