» » France Football talqini bo‘yicha futbol tarixdagi eng yaxshi murabbiylar nomi e’lon qilindi

France Football talqini bo‘yicha futbol tarixdagi eng yaxshi murabbiylar nomi e’lon qilindi


France Football talqini bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi 10 nafar murabbiy nomi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Rinus Mixels “Ayaks” va “Barselona” sobiq murabbiyi futbol klublari tarixidagi eng yaxshi murabbiy deya e’tirof etildi.

Kuchli uchtalikdan “Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson hamda “Milan” sobiq ustozi Arrigo Sakki o‘rin egalladi.

Reyting tuzishda murabbiyning klub bilan erishgan yutuqlari, uning qoldirgan merosi, shaxsiy fazilatlari, karyerasining muddati va yorqin natijalari hisobga olindi.

Hozirda murabbiylik bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning atigi 2 nafari kuchli 10 talikdan joy oldi — Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”) va Karlo Anchelotti (“Napoli”).

“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo 13-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Real Madrid” ustozi Zinedin Zidan 22-pog‘onani band qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют