» » Buxorodagi cho‘lda ayolni yechintirib, “samosud” qilgan ayollar va videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Buxorodagi cho‘lda ayolni yechintirib, “samosud” qilgan ayollar va videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlarga nisbatan jinoiy ish ochildi


Joriy yilning 17-mart kuni Telegram messenjeridagi ayrim kanal va guruhlarda Buxoroning cho‘l hududidagi “samosud” tasvirlangan videolavha tarqaldi. Videolavhada buxorolik ayol boshqa ikki ayol tomonidan cho‘l hududida majburan yechintirilib, urib-do‘pposlangan va “samosud” qilingan.

Buxoro IIBning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Sh.B. va M.Sh. ismli ayollar o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan ayol L.Ch.ni majburiy ravishda cho‘l hududiga olib chiqqan. Ayolning egnidagi ustki va ichki kiyimlarini majburan yechintirib, yalang‘och holga keltirgan. Ikki ayol tomonidan urib-do‘pposlanib, haqorat qilingan jabrlanuvchi bir necha marotaba kechirim so‘rashiga qaramasdan, tiz cho‘kkan holda yana takror kechirim so‘rashga majbur qilingan va holat uyali aloqa vositasi yordamida videotasvirga tushirilgan. “Samosud” videolavhasi Telegram messenjeridagi kanal va guruhlarda tarqatilgan va joylashtirilgan.

“Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mentalitetimizga yot, uyushtirilgan, jinoyatga yetaklovchi ushbu ayanchli videolavhani turli ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan shaxslar ham aniqlandi. Telegram messenjeridagi kanal va guruhlar blogerlariga nisbatan viloyat IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — dedi Buxoro viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili, kapitan Halim Kamolov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют