» » Qozog‘iston MSK Nazarboyevning prezidentlik vakolatini muddatidan avval tugatish haqida qaror chiqardi

Qozog‘iston MSK Nazarboyevning prezidentlik vakolatini muddatidan avval tugatish haqida qaror chiqardi


20-mart kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Nursulton Nazarboyevning prezidentlik vakolatini muddatidan avval tugatish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Qozog‘iston (MSK) saytida ma’lum qilindi.

“2015-yilning 26-aprel kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov berish huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylangan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning vakolati muddatidan avval tugatilsin”, — deyiladi qarorda.

Shuningdek, MSK prezidentlik vakolatining qolgan muddatini Qosim-Jomart Tokayevga o‘tkazish haqida qaror qabul qildi.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidentining inauguratsiyasi 20-mart kuni bo‘lib o‘tadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют