» » Dariga Nazarboyeva Qozog‘iston Senati spikeri etib saylandi

Dariga Nazarboyeva Qozog‘iston Senati spikeri etib saylandi


20-mart kuni Qozog‘iston parlamenti palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Dariga Nazarboyeva Senat spikeri etib saylandi. Bu haqda “Zakon.uz” xabar bermoqda.

Yashirin ovoz berish jarayonida 44 nafar senator ishtirok etdi. Ularning barchasi nomzodni qo‘llab-quvvatladi.

Dariga Nazarboyeva 1963-yilda tug‘ilgan. Moskva davlat universiteti va Qozoq davlat universitetini tamomlagan. U oxirgi paytda Senat xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasini boshqarayotgandi.

Ma’lumot uchun, Dariga Nazarboyeva Qozog‘iston prezidenti lavozimini egallagan Qosim-Jo‘mart Tokayev o‘rniga spiker etib saylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют