» » Aleks Fergyusonning saqichi salkam yarim million yevroga sotildi

Aleks Fergyusonning saqichi salkam yarim million yevroga sotildi


“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning klub boshqaruvida kechgan so‘nggi uchrashuvida chaynagan saqichining bir qismi kimoshdi savdosida 390 ming funtga (450 ming yevro) sotildi, deb xabar beradi The Sun.

O‘sha o‘yinda “qizil iblislar” “Vest Bromvich” bilan durang natija qayd etgandi (5:5).

Ma’lum qilinishicha, tushgan daromad “Manchester Yunayted” xayriya jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ni 1986-yildan 2013-yilga qadar boshqargan. “Mankunianlar” uning qo‘l ostida Angliya chempionligini 13 marotaba qo‘lga kiritdi, Angliya Kubogida 5 marta va Yevropa Chempionlar Ligasida 2 marta g‘alaba qozongan.

2010-yil 19-dekabrida ser Aleks Fergyuson “qizillar”ni eng uzoq vaqt boshqargan mutaxassis sifatida Mett Basbi o‘rnatgan rekordni yangiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют