» » O‘zbekistonda OTMlarga yoshlar qabuli qamrovi 15 foizga yetdi

O‘zbekistonda OTMlarga yoshlar qabuli qamrovi 15 foizga yetdi


O‘zbekistonda oxirgi ikki yilda oliy ta’lim muassasalariga yoshlarni qabul qilish qamrovi 9 foizdan 15 foizga oshdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Bugungi kunda respublika oliy ta’lim muassasalarida 361 739 nafar bakalavrlar 276 ta ta’lim yo‘nalishida, 11 744 nafar magistrant 433 ta mutaxassisliklarda tayyorlanmoqda. Jami 373 483 nafar talaba tahsil olmoqda.

Respublikada oliy ta’lim muassasalari soni yangi tashkil etilgan mahalliy hamda nufuzli xorijiy universitetlar va filiallar hisobiga so‘ngi ikki yilda 75 tadan 100 taga yetdi.

Natijada oliy ta’lim muassasalariga talabalar qamrovi kengayib, joriy o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda talabalar soni 10 ming nafardan oshdi:

Samarqand davlat universiteti — 13 047 nafar;

Urganch davlat universiteti — 12 824 nafar;

Toshkent davlat texnika universiteti — 11 618 nafar;

Buxoro davlat universiteti — 11 385 nafar;

Termiz davlat universiteti — 10 992 nafar;

Farg‘ona davlat universiteti — 10 586 nafar;

Qarshi davlat universiteti — 10 412 nafar;

Andijon davlat universiteti — 10 377 nafar;

Qoraqalpoq davlat universiteti — 10 087 nafar;

O‘zbekiston milliy universiteti — 10 000 nafar;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019—2020-o‘quv yilida mamlakatda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazish yo‘lida amaliy harakatlarni boshlab yubordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют