Toshkentning ikkita tumanida IIB boshliqlari tayinlandi
Toshkent shahrida va viloyatida, shuningdek, Namanganda ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasiga podpolkovnik Farrux Haydarov, Yunusobod tumani IIBga podpolkovnik Ne’matullo Haydarov boshliq bo‘ldi.
Toshkent viloyati IIBning Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi boshlig‘i — podpolkovnik Hamidjon Anvarov, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i — podpolkovnik Ismatjon Ibrohimov va Qo‘riqlov boshqarmasi boshlig‘i — podpolkovnik Saidanvar Saida’loyev bo‘ldi.
Toshkent viloyati Qibray tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib polkovnik Alisher Rashidov, Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i etib — podpolkovnik Ortiq Xudoybergenov, Ohangaron tumani IIB boshlig‘i etib — podpolkovnik Sobirjon Ibrohimov tayinlandi.
Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Muhammadjon Dadajonov bo‘ldi.