» » Gulistonda gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi

Gulistonda gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi


“Navro‘z” bayrami arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida manzilli dastur asosida 24x48 m o‘lchamli, kuniga 420 nafar sportchi shug‘ullanish imkoniga ega zamonaviy universal sport zali foydalanishga topshirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur obyekt qurilishi uchun 4 milliard 300 million so‘m sarflandi, sport inshooti 187,6 mln so‘mlik sport anjomlari va inventarlari bilan ta’minlandi. Sirdaryolik yoshlar gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi tasarrufidagi mazkur majmuada badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, batutda sakrash, sport akrobatikasi, aerobika kabi sport turlari bilan shug‘ullanishi mumkin.

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi universal zalining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev, Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ruslan Mustayev, trampolin bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Yekaterina Xilko va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Osiyo o‘yinlari kumush medali sohibasi Sabina Toshkenboyeva, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi, Osiyo chempioni Anora Davlatova singari sportchilar sirdaryolik yosh sportchilarga mahorat darsi o‘tib berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют