» » Samarqand viloyati hokimi Tatariston tajribasi bilan tanishish uchun Qozonga keldi

Samarqand viloyati hokimi Tatariston tajribasi bilan tanishish uchun Qozonga keldi


Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev 12-mart, yakshanba kuni ishchi tashrif bilan Tataristonga keldi. “Qozon” xalqaro aeroportida uni respublika bosh vaziri Ildar Xoliqov kutib oldi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. 

Himmat Oqbo‘tayev “Energetika. Resurslarni asrash” XVIII xalqaro ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etadi. Tatariston Savdo-sanoat palatasida Samarqand viloyati iqtisodiy salohiyati taqdimotini o‘tkazadi.

Viloyat hokimining “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi, “KAMAZ” avtomobil zavodi, “Eydos” tibbiy fanlar markazi, “Qozon” agrosanoat parki, IT-park texnoparki va “Innopolis” fan shaharchasida bo‘lishi rejalashtirilgan.

14-mart, seshanba kuni Himmat Oqbo‘tayevning Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Tomonlar mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi. 

Опубликовано: admin (13-03-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют