» » Shavkat Mirziyoyev 24—26-mart kunlari rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 24—26-mart kunlari rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘ladi


Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga binoan joriy yilning 24—26-mart kunlari rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif dasturidan Prezidentning Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuvlari o‘rin olgan.

Muzokaralar kun tartibiga ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari kiritilgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston va BAA o‘rtasida qo‘shma bayonotni qabul qilish, investitsiyalar, moliya, qayta tiklanadigan energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma’muriyatchiligi, mehnat resurslari, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, davlat rahbari “Masdar-siti” texnoparki faoliyati bilan tanishishi, qator sanoat, ijtimoiy va boshqa obyektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют