» » “Ayaks” de Ligt uchun “Barselona”dan 100 million yevro talab qilmoqda

“Ayaks” de Ligt uchun “Barselona”dan 100 million yevro talab qilmoqda


“Barselona” hali ham “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar berdi.

Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) yig‘ilishi oldidan Kataloniya klubi prezidenti Jozep Bartomeu 19 yoshli niderlandiyalik futbolchining transferi bo‘yicha amsterdamliklar bilan navbatdagi muzokaralarni o‘tkazishi kerak edi.

“Ayaks” de Ligt uchun, taxminan, 100 million yevro talab qilmoqda.

Avvalroq “Barselona” futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin kataloniyaliklar mavsum oxirida klub tarkibiga kelib qo‘shiladigan “Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yongning transferini e’lon qilgandi. Uning narxi 75 million yevro hamda qo‘shimcha bonuslar sifatida 11 million yevroni tashkil qilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют