» » “Bizga boshidan ‘kitob’ yoziladigan konkurs kerak emas”. Jahongir Otajonov “The cover up” loyihasi haqida keskin gapirdi (video)

“Bizga boshidan ‘kitob’ yoziladigan konkurs kerak emas”. Jahongir Otajonov “The cover up” loyihasi haqida keskin gapirdi (video)


Xonanda Jahongir Otajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida xonanda “The cover up” loyihasi haqidagi haqiqatlarni gapirdi.

‘The cover up’ loyihasining 2-mavsumidan ko‘nglim to‘lmadi. Chunki bir qizning bahosini past qo‘ygandim. Qanday qilib bo‘lsa-da bu qizni qaytarishdi. Boshidan shunaqa ‘kitob’ yozilgan. Bizga boshidan ‘kitob’ yoziladigan konkurs kerak emas. Bugun davlat rahbarimiz bizni ishlashga chaqiryapti. Chunki yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirish kerak. Yo‘qotish oson, qayta bunyod qilish uchun avlodlar qancha aziyat chekadi. Har bir kasb egasi sidqidildan xizmat qilmasa xalqning ishonchini oqlay olmaydi. Shuning uchun ham to‘g‘ri xizmat qilish kerak, to‘g‘ri gapirish kerak. Xalqni alday olmaysiz. Hamma mehnatiga yarasha haqqini olyapti. Sizga ham manga ham pul to‘lashadi. Xudo xohlasa siz bilan yana 20 yildan keyin suhbatlashadigan bo‘lsak men yutib chiqaman. Chunki men o‘zimga to‘g‘riman. Kimki noto‘g‘ri bo‘lsa u baribir yutqizadi. Hozirdan ularga aytaman, haliyam kech emas, sizlarning ichingizni faqat Yaratgan biladi, faqatgina u yashira oladi. Ertaga bizning oldimizda sharmanda bo‘lmanglar.

Jahongir Otajonov, xonanda

Jahongir Otajonovning fikricha “loyihada hakamlik qilayotgan xonandaga bu ishtirokchi loyihadan chiqib ketishi kerak”, degan gapni aytishi kerak emas. Bunday gap hakamni chalg‘itib, noxolislikni yuzaga keltirishi mumkin ekan.

Alisher Uzoqov meni hurmat qiladi, buni his qilgan holda men ham uni hurmat qilaman. Loyihada Alisher yonimga kelib ‘Jahongir aka mana shu ishtirokchilar chiqib ketishi kerak’ dedi. U aytgan ishtirokchilar yaxshi bo‘lgandir, balki ularga yo‘llangan sms ovozlar chindan kamdir, bilmadim, ammo buni hay’at a’zosiga aytish kerak emas edi. Bu hay’at a’zosini psixologik tomondan adashtiradi. Menga o‘xshab to‘g‘ri baholashga harakat qiladigan odam qo‘shiqni har tomonlama o‘rganadi. Chunki qo‘shiq faqat ovoz bilan aytilmaydi. Uning juda ham ko‘p nozik tomonlari bor. Qo‘shiqdagi nafaqat so‘zning har bir harfning o‘z yuki bor. Bu narsalarni Alisher ham, The cover up’ni o‘ylagan odam ham bilmaydi. O‘sha kuni ‘Arvachi’ qo‘shig‘ini aytgan bola yoki Mushtariy ismli qiz chiqib ketishini aytishdi. Men u qizni Alisher aytgani uchun chiqarmadim. U qiz bilan ishlagan muzikant bolalar yaxshi chalishardi. Ularni yaxshi tanirdim. Bu bolalar bilan o‘zim ham ishlaganman. Ammo men bahoni Mushtariyning o‘ziga qo‘ygan edim. Mushtariyga ikki bahoni qo‘yganimning o‘zi xato. Unga ball qo‘yish kerak emas edi. Men hech qachon hech kimga baland bal qo‘ymayman. Agarda Zo‘r TV’ning rahbari kelib mana bunga baland baho qo‘y desa, ‘marhamat o‘zingiz o‘tiring’, derdim. Xullas bu qiz yana qaytib kelibdi. 3-mavsumga meni chaqirishmadi, chaqirishsa ham bormasdim. Bilasizmi ular hatto hay’at a’zolarini tanlay olishmaydi. Bu borada ularning ilmi yo‘q, yana musiqaning cover versiyasi bilan shug‘ullanishyapti.

Cover – bu ma’lum bir xit darajadagi qo‘shiqning boshqacha ‘oranjirovka’da ijro etilishi. Qo‘shiq o‘zgarmaydi, faqat ‘oranjirovka’si o‘zgaradi. Mushtariy aytgan cover cover emas, bu umuman yangi ashula. Qo‘shiq boshqa musiqa bilan aytilgan. She’r meniki emas, u xohlaganiday aytishga haqli. Xullas bu cover versiya emas edi. Shuning uchun ham ball qo‘ya olmadim. ‘The cover up’ loyihasidagi hay’at a’zolaridan biri ‘vistupleniya’ qani deb so‘rayapti. Muzikantning bunaqa savol berishga haqqi yo‘q. Men tushunmadim, cover versiyada ‘vistupleniya’ kerak degan joyi yo‘q. O‘qimaganda, shuning uchun ham shunaqa deyishdi. Chetdan kuzatib turib kulgim keldi, to‘g‘risi. Loyihada Kamron Otajonov, mening jiyanim ham qatnashdi. To‘g‘risi u bilan aloqalarimiz yaxshi emas. U bilan urushganimdan keyin u menda boshqa soz chalmay ketgan. Lekin musiqachi sifatida men uni muhofaza qilishim kerak. U juda yaxshi muzikant. Kerak bo‘lsa hammani ‘o‘qitadi’. Men o‘qimaganman. Musiqa internatidan 7-sinfda haydalganman. Lekin musiqada o‘zimni bilimim, kitobim bor. O‘zimni fikrim bor. O‘zimga kerakli narsani internetdan o‘qib olaman. Xudoga shukur musiqachilar fikrimni eshitishadi. Kamronga ham aytdim, ‘nima uchun fikrlaringni aytmaysan, gapira olmasang, xaraktering bo‘lmasa qanday san’atkor bo‘lmoqchisan’, dedim. Odam birinchi o‘rinda bo‘lishi uchun uning xarakteri bo‘lishi kerak.

Jahongir Otajonov, xonanda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 134) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют