» » Prezident maktablariga qabul jarayonini Angliyaning Cambridge Assessment kompaniyasi nazorat qiladi

Prezident maktablariga qabul jarayonini Angliyaning Cambridge Assessment kompaniyasi nazorat qiladi


Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, vazirlik mas’ullari va OAV xodimlari ishtirokida “O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Prezident maktablariga qabul qilish jarayoni haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

“Prezident maktablariga o‘quvchilar faqat bilimiga qarab qabul qilinadi.

Prezidentimiz tomonidan maktabga qabul qilish jarayonini baholash uchun eng yuqori tajribaga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni olib kelish talabi qo‘yildi. Shuning uchun biz bir qancha davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, oxiri Cambridge universitetining Cambridge Assessment kompaniyasini tanlab oldik.  Bu dunyodagi eng nufuzli test o‘tkazadigan tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Prezident maktablariga qabul qilish jarayonini to‘liq Cambridge Assessment nazorat qiladi. Agar qabul jarayonida qandaydir gap-so‘z chiqsa, bu ularning zimmasida bo‘ladi. Bu albatta tekinga qilinmaydi. Hammasi xarajat. Lekin Prezidentning talabi hammasi ‘toza’ bo‘lsin, dedilar. Vatan kelajagiga xizmat qiluvchi bilimli yoshlarni Prezident maktablari yetishtirib beradi. Kelgusida Prezident universitetini ochish ham rejalashtirilmoqda. Bolalarimizning sifatli ta’lim olishiga sharoit yaratish maqsadida.

Nima sababdan O‘zbekistondan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiydek buyuk mutafakkirlar yetishib chiqmayapti? Bu maktablarning maqsadi kelgusida O‘zbekistondan ana shunday allomalar yetishib chiqishi kerak”, — deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют