» » Ozbekistonda Janubi-garbiy maxsus harbiy okrug qoshinlarining jangovar shayligini tosatdan tekshirish boshlandi

Ozbekistonda Janubi-garbiy maxsus harbiy okrug qoshinlarining jangovar shayligini tosatdan tekshirish boshlandi


26-mart kuni tongdan mudofaa vazirining birinchi orinbosari Qurolli kuchlar bosh shtabi boshligi farmoyishiga kora Janubi-garbiy maxsus harbiy okrugi qoshinlari yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Daryoga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati malum qildi.

Mudofaa vazirligi qoshinlarining jangovar shayligini tosatdan tekshirish rejasiga asosan, Qurolli kuchlar bosh shtabi tomonidan vazirlik bolinmalarining jangovar shaylik darajasi bosqichma-bosqich tarzda oquv sinovlaridan otkazilmoqda. Bu galgi tekshiruvga Janubi-garbiy maxsus harbiy okrugining barcha harbiy bolinmalari jalb etildi. Oquv mashqlari 2629-mart kunlari Qashqadaryo viloyatidagi Muborak va Nuriston poligonlarida, shuningdek, harbiy okrugning boshqa hududlarida bolib otadi.

Tekshiruvlarning asosiy maqsadi bolinmalarning jangovar shayligi, jipsligini tahlil qilish va baholash, harbiy qismlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarning oquv-jangovar vazifalarni bajara olishga tayyorgarligini nazoratdan otkazishdan iborat.

Tosatdan tekshiruvning birinchi kuni yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilgan bolinmalarning belgilangan hamda notanish hududlarga harakatlanishi va olib otilishi masalalari amalda bajarildi. Bazi bolinmalarning shaxsiy tarkibi Havo xujumidan mudofaa qoshinlari va Harbiy havo kuchlarining harbiy aviatsiyasi yordamida havo orqali olib otilishi taminlandi. Qolgan bolinmalar shtatdagi harbiy texnikalarda uzoq masofalarga marsh uyushtirdi.

Sinov davomida bolinmalar bilan uzluksiz va doimiy boshqaruvni tashkil etishga asosiy etibor qaratilmoqda. Xavfsizlik talablariga, harbiy texnika va qurol-aslahalarning soz va shayligiga qatiy rioya qilinmoqda.

Ushbu tadbirlarda ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilarning barqaror axloqiy-ruhiy holati qoyilayotgan oquv-jangovar vazifalarni sifatli bajarishga imkon yaratyapti.

Majmuaviy tekshiruvlarda Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, DXX Chegara qoshinlari qomondonligi hamda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoriqlash qoshinlari qomondonligining hududiy bolinmalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari ornatilgan.

Malumot uchun, Ozbekiston Prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qomondonining korsatmasiga muvofiq, 2018-yil noyabr oyida Mudofaa vazirligi qoshinlarining jangovar shayligi birinchi marta keng kolamli tosatdan tekshiruvdan otkazilgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-03-2019, 08:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -