» » “Vaqf” fondi dastlabki katta yer maydoniga ega bo‘ldi

“Vaqf” fondi dastlabki katta yer maydoniga ega bo‘ldi


“Vaqf” fondi faoliyatini asosiy yo‘nalishi bo‘lgan vaqf mulklariga egalik qilish, ularni boshqarish va tasarruf etishda ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda hamda ish faoliyatga tadbiq etilmoqda, deya xabar beradi fond matbuot xizmati.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan fondga vaqf mulklari sifatida birinchi yer maydonlari taqdim etildi.

O‘tgan kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati Qibray tumanidagi joylashgan jami 16 gektar yer maydoni hamda ushbu hududdagi binolar “Vaqf” fondiga vaqf mulki sifatida beg‘araz o‘tkazib berildi.

Ushbu hududda hozirda issiqxona barpo etilgan bo‘lib, 250 tupga yaqin limon ko‘chatlari o‘tqazilgan.

Bundan tashqari, makaron ishlab chiqarish korxonasi, qolipli non pishirish sexlari o‘z faoliyatini boshlash arafasida turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют