» » Nukusda uyida 20 ming shishaga yaqin alkogol mahsulotini noqonuniy saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

Nukusda uyida 20 ming shishaga yaqin alkogol mahsulotini noqonuniy saqlab kelayotgan shaxs ushlandi


Departamentning Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Ye.Alako‘z ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan 2 ta Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tekshirish davomida fuqaro Q.Q hech qanday hujjatlarsiz 2844 shisha “Qaratau” nomli aroqni sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlandi. Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan umumiy qiymati 233,9 million so‘mlik jami 19687 shisha alkogol mahsuloti mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют