» » MasterCard “Humo” milliy to‘lov tizimi imkoniyatlarini kengaytirishda hamkorlik qiladi

MasterCard “Humo” milliy to‘lov tizimi imkoniyatlarini kengaytirishda hamkorlik qiladi


Markaziy bankda MasterCard Europe vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish doirasida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Markaziy bank va MasterCard Europe o‘rtasida chora-tadbirlar protokoli imzolandi. Hujjatda “Humo” tizimi tarmog‘ida to‘lov vositalarini qabul qilish sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish, yaratilayotgan to‘lov infratuzilmasida MasterCard kartalaridan foydalanishni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Tomonlar O‘zbekiston fuqarolari xalqaro hisob-kitoblarni “Humo” to‘lov kartalaridan MasterCard to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishi imkoniyatini ko‘rib chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют