» » Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi: Toshkent-Jidda reysi haftasiga 6 tagacha ko‘paytiriladi

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi: Toshkent-Jidda reysi haftasiga 6 tagacha ko‘paytiriladi


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekistonda ziyorat turizmni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan sayyohlikni milliy iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, hududlarni jadal rivojlantirish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilishni ta’minlash borasida o‘tkazilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ziyorat turizmi bo‘yicha sayyohlarni jalb qilish maqsadida 2018-yilning 28-oktabridan boshlab Toshkent-Jidda yo‘nalishida haftasiga 2 marotaba Kuala-Lumpur-Toshkent aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishda, xususan, MAK “O‘zbekiston havo yo‘llari” bilan birgalikda “Umra” ziyoratiga borish istagidagi o‘zbekistonliklar aholisi uchun Toshkent-Jidda-Toshkent reyslarini haftada 6 marotabagacha ko‘paytirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Flydubai aviakompaniyasiga haftada besh marotaba Toshkent bilan Dubay o‘rtasida muntazam yo‘lovchi tashish reyslarini amalga oshirish huquqi taqdim etildi, IATA Yoz-2019 mavsumidan boshlab esa haftada yana qo‘shimcha ikki aviaparvozni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют