» » O‘zbekistondagi xalqaro san’at festivalida AQSh, Germaniya, Rossiya, Ozarbayjon san’atkorlari ishtirok etadi

O‘zbekistondagi xalqaro san’at festivalida AQSh, Germaniya, Rossiya, Ozarbayjon san’atkorlari ishtirok etadi


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Bahor nafasi” xalqaro san’at festivali tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Iyun oyiga qadar davom etadigan ushbu ijodiy loyihada O‘zbekistonning yetakchi badiiy jamoalari, orkestrlar, teatrlar, ashula va raqs ansambllari bilan birga AQSh, Bolgariya, Germaniya, Rossiya, Ozarbayjon kabi davlatlarning ijodiy jamoalari, xonanda va sozandalari, musiqa san’ati sohasida ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etadi.

Festival tadbirlari poytaxtdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar, “Istiqlol”, “Turkiston”, Musiqa saroylari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatri, madaniyat va istirohat bog‘lari bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi teatrlar, muzeylar, san’at koshonalarida, madaniyat saroylarida ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston milliy simfonik, “Turkiston”, “So‘g‘diyona”, “O‘zbekiston solistlari”, Davlat akademik xalq cholg‘ulari, Milliy estrada, Yoshlar simfonik orkestrlari, Respublikada xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi jahon va o‘zbek kompozitorlarining eng sara asarlaridan iborat konsertlarni muxlislarga taqdim etadi. O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, qator ashula va raqs, maqom ansambllari, raqs guruhlari milliy musiqa va raqs san’atidan namunalarni tomoshabinlar e’tiboriga havola etishi ko‘zda tutilgan.

San’at bayrami doirasida ko‘p ovozli ansambl va orkestrlar ishtirokidagi “Navro‘z sadolari”, yosh opera xonandalarining “Yoshlik bahori”, umrboqiy qadriyatlarga oid “Onam aytgan allalar”, folklor san’atiga bag‘ishlangan “Boysun bahori”, “Nurli navolar” kabi festivallar ham o‘tkaziladi. Shuningdek, dasturdan “Do‘stlik ko‘priklari”, “Navro‘z keldi”, “Xorazm navolari”, “Ko‘klam nafasi”, “Keksalar e’zozda” deb nomlangan konsert dasturlari ham o‘rin olgan.

Toshkent shahri hamda viloyatlardagi teatr jamoalari ham tomoshabinlarga o‘z spektakllarini taqdim etadi.

Xalqaro san’at festivali doirasida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi va O‘zbekiston amaliy san’ati muzeyida “Bahor nafasi”, “Zardo‘zlik”, “Oltin qo‘llar” ko‘rgazmalari, musavvir Chingiz Ahmarov ijodiga doir “Yuksak mahorat sohibi” nomli badiiy ko‘rgazma tashkil etiladi.

“Bahor nafasi” xalqaro san’at festivalining ilk tadbirlari O‘zbekiston milliy simfonik hamda “Turkiston” kamer orkestrlarining konsertlari bilan boshlandi.

 

Опубликовано: admin (14-03-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют