» » Farg‘ona viloyati hokimi Vodilda sayyor qabul o‘tkazdi

Farg‘ona viloyati hokimi Vodilda sayyor qabul o‘tkazdi


Farg‘ona tumanining Vodil qishlog‘ida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda sektor rahbarlari, O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda tuman hokimlari ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Sayyor qabul davomida Oltiariq, Qo‘shtepa, Yozyovon, Toshloq, Quva, Farg‘ona, So‘x tumanlari hamda Marg‘ilon, Quvasoy, Farg‘ona shaharlari fuqarolarining murojaatlari o‘rganildi.

300 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etgan qabul davomida ishga joylashish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr simyog‘ochlar o‘rnatish va eskirgan transformatorlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish, suyultirilgan gaz ballonlari ajratilishi, sog‘liqni saqlash va nogironlik aravachalari bilan ta’minlash, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga oid 200 ga yaqin murojaat qabul qilingan.

Jumladan, Farg‘ona tumani, Oqbilol qishlog‘ida yashovchi 83 yoshli Foziljon Hilolov ko‘zi ojiz umr yo‘ldoshi uchun nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qildi. Shu yerning o‘zida unga aravacha va moddiy yordam berildi.

Farg‘ona shahri, Qirguli mavzesi, Farg‘ona ko‘chasidagi kvartirada vaqtincha istiqomat qiluvchi Shokirjon Qosimov oilasi uy-joyga muhtojligi uchun yordam so‘rab hokim qabuliga kelgan. Quvasoy shahar hokimligi tomonidan mazkur murojaat o‘rganilib, Qosimovlar oilasiga 1 xonali uy ajratildi. Uy tez orada zarur anjomlar bilan jihozlab beriladigan bo‘ldi.

Farg‘ona tumani “Oqtosh” MFY raisi Sodiqjon Mirzayev mahalla yo‘lini kapital ta’mirlash hamda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralari o‘tgan qabristonni ziyorat qilishdagi qiyinchiliklar masalasini ko‘tardi. Har ikki muammo tegishli idoralar tomonidan yaqin kunlarda hal etilishi belgilandi.

Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul doirasida tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilindi. Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, hunarmandchilik mahsulotlari va kitob ko‘rgazmalari o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют