» » Termiz universitetining Denov filiali Tojikiston pedagogika universiteti bilan qo‘shma fakultet ochadi

Termiz universitetining Denov filiali Tojikiston pedagogika universiteti bilan qo‘shma fakultet ochadi


Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti rektori, tarix fanlari doktori, professor No‘monjon G‘afforiy taklifiga ko‘ra Termiz davlat universiteti Denov filiali vakillari Dushanbeda bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Uchrashuv chog‘ida TerDU Denov filiali bilan Tojikiston davlat pedagogika universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultet ochish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra, filialda Tojikiston davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda TerDU Denov filiali Tojikistonning 3 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu davlatdan 4 nafar professor-o‘qituvchi Denovga kelib, yoshlarga ilm sirlarini o‘rgatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 13:59)
+7 (голосов: 7)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют