» » Ikki farzandidan ayrilgan ayol uchinchisining hayotini saqlab qolishga intilmoqda. Uni qo‘llab-quvvatlaylik!

Ikki farzandidan ayrilgan ayol uchinchisining hayotini saqlab qolishga intilmoqda. Uni qo‘llab-quvvatlaylik!


Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 2014-yil 27-sentabr kuni tavallud topgan xozirda  yoshdan oshgan Hasanjon Do‘stmurodov og‘ir kasallik o‘tkir limfoblastli leykoz 1-faol davri bilan kurashmoqda. U 2018-yilning 15-may kunidan boshlab bir muddat poytaxtdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutida davolanish muolajalarini olib kelgan.

Hozirda Navoiy viloyatidagi Gematologiya markazida qo‘llab-quvvatlovchi kimyo terapiya muolajalarini 2-kurs muolajasini olib kelmoqda.

2016-yilda ushbu oilada ulg‘ayayotgan to‘rt nafar murg‘ak bolalardan biri vafot etdi.

O‘sha yilning 6-dekabr kuni ikki qiz va ikki egizak o‘g‘ilning onasi Gulchehra opa farzandi Hasanjonning egizagi Husanjondan ayrilib qoldi.

Boboyeva Gulchehra opaning fazandi 2 yoshli Husanjon Do‘stmurodov oqqon kasalligiga chalinib, davolanishiga qaramay, kasalligi qaytalanib qolib, vafot etgan.

Egizak fazandi Husanjonning vafotiga sekin-asta ko‘nika boshlagan oilaga atalgan taqdirning sinovlari hali tugamagan ekan.

Oilaning egizak farzandi Hasanjonning 2018-yilning may oyining kunlarining birida oqqonga chalinishi oila uchun qattiq zarba bo‘ldi.

Kasallik boshlang‘ich bosqichda bo‘lganligi sababli uning hayotini saqlab qolish imkoni mavjud va uning davolanishi uchun judayam katta mablag‘ zarur.

“Shifokorlarning aytishicha, o‘g‘lim Hasanjon ushbu kasallikning yengil turiga chalingan. Shuning uchun muolajalarni o‘z vaqtida olib tursa, davolanish imkoni bor. Rossiyaga tahlil jo‘natganimizda, u yerdan ham oqqon javobi keldi. Farzandim ikki yil davomida qo‘llab-quvvatlovchi kimyo terapiya muolajalarini ham olishi kerak ekan.

Hozir qo‘llab-quvvatlovchi kimyo terapiya muolajalarini ikkinchi kurs davolanish kursini olib kelyapti. Navbatda 7 ta kurs bor.

Davolanish, dori-darmon va kimyoterapiya kurslari uchun juda katta katta mablag‘ talab etiladi. Moddiy tomondan ancha qiynalib qoldik.

Allohning sinovi ekan. Dushmanga ham ravo ko‘rmayman. Bolam tuzaladi nasib etsa. Ishonaman, yaxshi insonlar bor. Ular yordamga keladi albatta.

Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan farzandimni sog‘ayishida , kurslarini davom ettirishida imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini o‘tinib iltimos qilib qolaman”,— deydi Hasanjonning onasi Gulchehra opa.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:(Click, Payme) Onasi Gulchehra Boboyeva nomiga ochilgan plastik kartochka

Agrobank: 8600 0424 9472 4163

Xalq banki:8600 0609 9607 4853

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Boboyeva Gulchehra Nuriddinova

Pasport raqami: AB 5591848

Hasanjonning onasi Gulchehra Boboyevaning telefon raqami:

+99894 222 40 46



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 42) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют