» » Messi kuchli beshlik chempionatlarida urilgan gollari soni bo‘yicha Ronalduga yetib oldi

Messi kuchli beshlik chempionatlarida urilgan gollari soni bo‘yicha Ronalduga yetib oldi


2-aprel, seshanba kuni Ispaniya chempionatining 30-turida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda gol urdi (4:4).

Bu 31 yoshli argentinalikning La Ligadagi 414-goli bo‘ldi.

MisterChip’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, Messi kuchli beshlik chempionatlarida urilgan gollar soni bo‘yicha “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga yetib oldi.

34 yoshli portugaliyalik futbolchi La Ligada “Real” safida 311 ta gol, Premyer liga doirasida “Manchester Yunayted” tarkibida 84 ta va A Seriyada “Yuventus”da 19 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 14 ta golga assistentlik qildi. Ronaldu hisobida esa 26 ta o‘yinda 19 ta gol va 10 ta golga assistentlik mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют