» » Toshkentda Iqtisodiyot universitetiga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Toshkentda Iqtisodiyot universitetiga ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 15 ming dollar olgan shaxs ushlandi


Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir davomida “Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali” MChJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.O‘.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют