» » “Real”ni mag‘lub etgan “Valensiya” 77 yil avvalgi rekordini yangiladi

“Real”ni mag‘lub etgan “Valensiya” 77 yil avvalgi rekordini yangiladi


3-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 30-turida “Valensiya” o‘z maydonida “Real” ustidan g‘alaba qozondi (2:1).

Marseliono jamoasi mag‘lubiyatsiz seriyasini 17 ta uchrashuvga yetkazib oldi. Shunday qilib klub 77 yil avval o‘rnatilgan o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi.

1941/42-yilgi mavsumda “Valensiya” barcha musobaqalarni hisoblaganda ketma-ket 16 ta uchrashuvda yutqazmagandi.

Ta’kidlash joiz, o‘tgan mavsum “ko‘rshapalaklar” Marselino qo‘l ostida 15 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagandi.

Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” ayni damda 46 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rindan joy egallagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют