» » Ukraina Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarining birinchi tur natijalarini e’lon qildi

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovlarining birinchi tur natijalarini e’lon qildi


Markaziy saylov komissiyasi elektron protokollar qayta ishlash 100% natijalariga ko‘ra Vladimir Zelenskiy 30,24% va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 15,95% ovoz to‘plaganligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Markaziy saylov komissiyasi elektron bortida xabar qilinganidek, Yuliya Timoshenko saylovchilarning 13,4%, Yuriy Boyko — 11,6% ovozini to‘plagan.

“Grajdanskaya pozitsiya” partiyasi rahbari Anatoliy Gritsenkoni 6,9% saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan, Ukraina xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Igor Smeshkoni — 6,04%, Radikal partiya yetakchisi Oleg Lyashko — 5,4%, “muxolifat bloki” partiyasidan nomzod Aleksandr Vilkul — 4,1% , “Ozodlik” partiyasi vakili Ruslan Koshulinskiy — 1,6 foiz ovoz to‘plagan.

Qolgan nomzodlar bir foiz va undan past ovoz to‘plagan.

1,18% foiz ovoz beruvchilarning byulletenlari haqqoniy emas deb topilgan. Saylovning birinchi turida 63,52% saylovchi qatnashgan deb topilgan.

Ukrainada prezident saylovi 31-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Saylovda qayd etilgan nomzodlar soni Ukraina tarixida rekord natija qayd etgan — 39.

Dastlab, ro‘yxatdan o‘tgan 44 kishi bor edi, ammo so‘nggi haftada Markaziy Saylov komissiyasi besh nafar nomzodini ro‘yxatga olishni bekor qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют