» » Samarqanddan Xitoyga 27 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi

Samarqanddan Xitoyga 27 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi


Samarqanddan Xitoyga 27 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qiladi.

Xitoy va Samarqand o‘rtasidagi tovar aylanmasining qiymati 261 million 527,4 ming dollarni, shundan 234 million 156,7 ming dollari importni, 27 million 370,7 ming dollar eksportni tashkil etdi.

Samarqandda Xitoy kapitali ishtirokida 50 ta qo‘shma korxona va 8 ta xorijiy korxona tashkil etilgan. Ular asosan, qurilish, mashinasozlik, terini qayta ishlash, to‘qimachilik, elektrotexnika, qandolat va oziq-ovqat mahsulotlari, farmatsevtika yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.

Bundan tashqari, Xitoyning to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyasi asosida qurilish materiallari, tibbiyot jihozlari, maxsus texnika ishlab chiqarish, karton va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida 18 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Xususan, Xitoyning “King of sales Co.Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “AziyaMetallProf” MChJda yil yakuniga qadar sovuq formovka va falsovka ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Umumiy qiymati 46 million dollar bo‘lgan loyiha uchun xitoylik tadbirkorlar 16,8 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют