» » Superliga. “Navbahor” bugun “Bunyodkor”ni mehmon qiladi, “Dinamo” esa “Metallurg”ga qarshi o‘ynaydi

Superliga. “Navbahor” bugun “Bunyodkor”ni mehmon qiladi, “Dinamo” esa “Metallurg”ga qarshi o‘ynaydi


6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Bekobodning “Metallurg” klubi safarda “Dinamo” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuvga Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, bekobodliklar o‘tgan turda “Buxoro”ni taslim qilgan bo‘lsa (2:0), “Dinamo” mehmonda “Surxon”ga kichik hisobda imkoniyatni boy bergandi (0:1).

Shu kuni Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida musobaqa jadvalida oxirgi pog‘onani egallab turgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuv soat 17:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Namangan klubi 2-turda Toshkentning boshqa bir jamoasi “Lokomotiv”ga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. “Bunyodkor” esa poytaxt derbisida “Paxtakor”dan yengilgandi (1:2).

Superliga

3-tur bahsi

6-aprel, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют