» » La Liga. “Barselona” bugun “Atletiko M” bilan jang qiladi, “Real M” esa “Eybar”ni sinovdan o‘tkazadi

La Liga. “Barselona” bugun “Atletiko M” bilan jang qiladi, “Real M” esa “Eybar”ni sinovdan o‘tkazadi


6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 31-tur bahslariga start beriladi.

Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da “Eybar”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.

Eslatib otamiz, “Qirollik klubi” 30-turda safarda kechgan bahsda “Valensiya”ga kichik hisobda imkoniyatni boy bergandi (1:2).

Shu kuni turning markaziy o‘yinida musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Leo Messi yetakchiligidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi Diyego Simeone boshliq “Atketiko Madrid”ga qarshi maydonga tushadi. To‘qnashuv soat 23:45 da boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anor ranglilar” 30-turda “Vilyarreal” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Madrid klubi o‘z maydonida “Jirona” darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

30-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

31-tur bahslari

6-aprel, shanba

7-aprel, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют