» » Navoiyda ishchilar yotoqxonasidan pul o‘g‘irlagan haydovchi va xizmatchi qo‘lga olindi

Navoiyda ishchilar yotoqxonasidan pul o‘g‘irlagan haydovchi va xizmatchi qo‘lga olindi


5-aprel kuni Navoiy shahrida joylashgan O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi IIBga murojaat qilib, unda shu yilning 5-aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Inspektorlar ko‘chasida joylashgan ushbu korxonaning ishchilari vaqtincha istiqomat qiladigan yotoqxonaning 105-sonli xonasiga deraza oynasini sindirib kirganligi haqida ma’lum qilgan.

IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, yotoqxonadan to‘rt ming Xitoy yuani va 27 million so‘m pul o‘g‘irlangan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni yuqoridagi qo‘shma korxona ishchisi Z.R. va shu qo‘shma korxona haydovchisi A.J.lar sodir etgani aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют