» » Dris Mertens “Napoli”da tarix yozishda davom etmoqda

Dris Mertens “Napoli”da tarix yozishda davom etmoqda


7-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 31-turida “Napoli” hujumchisi Dris Mertens “Jenoa” darvozasini ishg‘ol qildi (1:1).

Opta’ning xabar berishicha, belgiyalik neapolliklar uchun barcha musobaqalarni hisoblaganda 104-golini urdi va klub tarixida to‘purarlar bahsida 4-o‘ringa ko‘tarilib, Edinson Kavani bilan tenglashib oldi.

Mazkur ko‘rsatkichda “Napoli” rekordchisi Marek Hamshik hisoblanadi. Uning hisobida 121 ta gol mavjud. Kuchli 3 talikdan esa Diyego Maradona (115) va Attila Sallustro (108) o‘rin egallagan.

Ma’lumot uchun, Dris Mertens joriy mavsum A Seriyada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют