» » O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida ilk marta oltin sotildi

O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida ilk marta oltin sotildi


O‘tgan haftada “O‘zRTXB” (Tovar-xomashyo birjasi) AJda oltin quymasi sotuvi bo‘yicha birja savdolari o‘tkazildi. Birjada birinchi oltin xaridori “Olmaliq KMK” AJ bo‘ldi. Bu haqda O‘zRTXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Savdo yakuniga ko‘ra 600 g Au-1 markali oltin sotilgan bo‘lib, uning qiymati 209,06 mln so‘mga teng bo‘lgan. Birja kotirovkasi deyarli boshlang‘ich bahoda saqlangan – 1 g oltin 348,4 ming so‘mni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi №186-sonli “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan qimmatbaho metallar O‘zRTXBning birja savdolari orqali sotilishni boshladi.

Qimmatbaho metallarning birja savdolari qonun hujjatlari, birja savdolari va hisob-kitob kliring xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalari asnosida amalga oshiriladi. Birja savdolari orqali sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют