» » YChL. “Liverpul” o‘z maydonida “Portu”ni yengdi (video)

YChL. “Liverpul” o‘z maydonida “Portu”ni yengdi (video)


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi “Enfild” stadionida Portugaliyaning “Portu” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq “mersisaydliklar” yarim himoyachisi Nabi Keyta Iker Kasilyas darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib birinchi golga assistentlik qilgan Roberto Firmino hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa “qizillar” “Portu” darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritib, g‘alaba qozondi (2:0).

YChL

1/4 final bahslari

9-aprel, seshanba

Gollar: 1:0 — 5 Keyta, 2:0 — 26 Firmino

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Lovren, Aleksander-Arnold, Henderson, Milner, Keyta, Fabinyo, Mane (Origi, 73), Saloh, Firmino (Starrij, 82)

“Portu”: Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra (Fernando dos Santos, 77), Eder Militao, Oliver Torres (Koshta, 73), Danilu Pereyra, Marega, Otavio, Korona, Soares (Braimi, 62)

Ogohlantirishlar: Soares (17), Felipe (61)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют