» » Qozogiston poytaxtida joylashgan Ostona vokzali nomi Nur-Sultonga ozgartirildi

Qozogiston poytaxtida joylashgan Ostona vokzali nomi Nur-Sultonga ozgartirildi


Qozogiston poytaxtidagi Ostona temir yol vokzali Nur-Sulton temir yol vokzaliga ozgartirildi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Bu haqda tegishli qarorni respublika bosh vaziri Askar Mamin imzoladi. Qozogiston Respublikasi hukumati qaror qiladi: Ostona temir yol vokzali nomi Nur-Sulton temir yol vokzaliga ozgartirilsin, deyilgan hujjatda.

2017-yilda hukumat qarori bilan Ostona xalqaro aeroporti Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroportiga ozgartirilgandi.

Qozogistonda shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bolib otishi malum boldi. Bu haqda Qozogiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev fuqarolarga mamlakat telekanallari orqali murojaat qildi.

Men Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan maslahatlashdim, shuningdek, hukumat, parlament, Konstititutsion kengashi rahbarlari va partiya azolari bilan uchrashuv otkazdim. Navbatdan tashqari saylov otkazish togrisidagi qaror juda zarur va muhim bolgan qadamdir. Men 2019-yil 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bolib otishi togrisida qaror qabul qildim, dedi Toqayev jonli efir chogida.

Eslatib otamiz, Qozogiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni istefoga chiqishini malum qilgan edi. Saylovgacha Qozogiston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Qosim-Jomart Toqayev bajarib turadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-04-2019, 06:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -