» » O‘zbekiston Milliy gvardiyasida harbiy xizmatchilar qasamyod qabul qildi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasida harbiy xizmatchilar qasamyod qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining barcha bo‘linmalari, harbiy qism va ta’lim muassasalarida bundan bir oy oldin chaqirtirilgan muddatli harbiy xizmatchilarning Harbiy va Milliy gvardiya qasamyodini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy gvardiya qo‘mondonligining muddatli harbiy xizmatchilarga yo‘llangan tabrigi yetkazilgach, yosh askarlar Harbiy va Milliy gvardiya qasamyodini qabul qildi.

Muddatli harbiy xizmatchilar tadbirda ota-onalari va yaqinlari oldida qasamyodda bitilgan muqaddas so‘zlarni tilga olib, O‘zbekiston xalqiga va Prezidentiga sadoqatli bo‘lishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini so‘zsiz va vijdonan bajarishga, xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali ravishda va’da berdi.

Harbiy qasamyod qabul qilgan yangi muddatli harbiy xizmatchilarga ilk bora O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Prezident sovg‘asi, ya’ni “Temur tuzuklari” hamda “O‘zbekiston tarixi” kitoblari tantanali ravishda topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют