» » Yunusoboddagi issiqlik quvvati korxonasi tuman elektr tarmoqlariga 420 million so‘mlik zarar yetkazdi

Yunusoboddagi issiqlik quvvati korxonasi tuman elektr tarmoqlariga 420 million so‘mlik zarar yetkazdi


Yunusobod tumanidagi issiqlik quvvati ta’mirlash korxonasi tuman elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib tuman elektr ta’minoti korxonasiga 420 825 456 so‘mlik juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi 17-daha 18-qurilish uchastkasida joylashgan “Our house” MChJ, “Organik pharmaceuticals” MChJ, “SKR Innovation” MChJ, “Root extract trading” MChJ, “Soy Vyacheslav Konstantinovich” xorijiy korxonasi va “Galimjanova” yakka tartibdagi tadbirkorlarga 2018-yilda issiqlik quvvati ta’mirlash korxonasi tomonidan jamiyat hududi shartnoma asosida ijaraga berilgan.

Issiqlik quvvati ta’mirlash korxonasihududida shartnoma asosida o‘z faoliyatini olib borayotgan jamiyatlar tomonidan elektr hisoblagich o‘rnatmasdan umumiy elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan byuroning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan issiqlik quvvati ta’mirlash korxonasining mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют