» » UMS Yorqin tarif rejasini ishga tushirdi

UMS Yorqin tarif rejasini ishga tushirdi


Atigi 60 000 som evaziga abonentlar 10 000 MB mobil Internet, shuningdek, Ozbekiston boyicha qongiroqlarga daqiqalar hamda SMS-xabarlarga ega bolishadi.

Bahorgi quyosh nurlari ostida gullar, daraxtlar yaproqlarini yoymoqda, kochalarda qishdan keyin oygonayotgan tabiat ifori kelib turibdi...

Aynan shunday yorqin taasurotlardan ilhomlangan UMS yangi tarif rejasini ishlab chiqdi. Yorqin tarifi doim alo kayfiyat bilan bolishishni xohlagan abonentlar uchun moljallangan bolib, bahorning eng jozibador va esda qolarli qismlarini ozida mujassam etgan.

Abonentlar jismoniy shaxslar uchun moljallangan UMSning yangi tarifi uchta oziga xos husussiyatga ega.

Birinchidan, u global tarmoqning barcha imkoniyatlaridan tolaqonli bahra oladigan faol Internet-foydalanuvchilar uchun moljallangan. Tarifga kiritilgan 10 000 MBni xohlagan maqsadlarda ijtimoiy tarmoqlarda suhbat qurish, multimedia fayllarini korish va kochirib olish, onlayn oyinlar va h.k. sarflash mumkin.

Ikkinchidan, taqdim etilayotgan MB, daqiqa va SMS-xabarlar hajmi nuqtai nazaridan Yorqin tarif rejasining abonent tolovi arzon 60 000 som ekanligini korish mumkin. Xususan, tarif rejasiga nafaqat 10 000 MB, balki Ozbekiston boyicha qongiroqlarga 1 000 daqiqa va yuborish uchun 1 000 SMS-xabar kiritilgan. Bundan tashqari, abonentlar tarmoq ichida bepul kongiroqlarni amalga oshirish uchun Super 0 xizmatini faollashtirishlari mumkin.

Uchinchidan, Yorqin tarif rejasiga faqat 2019-yilning 1-aprelidan 31-may yakunigacha ulanish mumkin. Bu degani, eksklyuziv taklifdan foydalanish uchun abonentlarda atigi 2 oy muhlat bor. 1-iyundan boshlab tarif rejasiga ulanib yoki otib bolmaydi, undan foydalanayotganlarga esa ushbu tarif doirasida xizmat korsatish davom etadi.

UMS kompaniyasi mutaxassislari takidlashicha, yangi tarif Ozbekiston mobil aloqa bozorini chuqur tahlil qilish, abonentlar ehtiyojlarini organish natijasida yaratildi. Ozbekistonda mobil Internetdan keng foydalanadigan insonlar soni ortib borayotgan sharoitda ushbu tarif zamonaviy talablarga javob beradi.

Yorqin tarif rejasi Internetdan faol foydalanadigan va shu bilan birga yetarli darajada kongiroqlarni amalga oshiradigan abonentlarga juda mos keladi. Uning joriy etilishi mobil aloqa bozorini rivojlanish istiqbollariga mos ravishda kompaniya mahsulot va xizmatlarini yangilayotganini mantiqiy davomi boldi, - deydi UMS MChJ tijorat direktori Lola Filatova.

Yangi tarifga ulanish uchun aholi oziga yaqin bolgan UMS ofisiga yoki kompaniyaning tijorat vakillari savdo shahobchalariga murojaat qilishi kerak. Kompaniyaning amaldagi abonentlari ham Yorqin tarif rejasiga otish imkoniga ega.

Eslatib otamiz, otgan haftada UMS mobil operatori tungi Internet toplamlarining narxlarini yanada arzonlashtirdi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-04-2019, 18:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -