» » O‘zbekistonda kunduz kuni transport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi

O‘zbekistonda kunduz kuni transport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi


Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori (292-son, 09.04.2019-y.) qabul qilindi, deb xabar beriladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida.

O‘zgartirishlarga muvofiq:

svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak;

Toshkent shahar va viloyat hokimlari ayrim yo‘l uchastkalarida harakat tezligini (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish) pasaytirishga vakolatli;

aholi punktlarida ikkita harakat bo‘lagi bo‘lgan va o‘rtada tramvay izi bo‘lmagan bir tomonlama harakatli yo‘llarda to‘xtashga ruxsat etiladi;

aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport vositasi aylanagn kirib kelayotgan transport vositlariga nisbatan ustunlikka ega;

kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart;

qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq ovqat va shu kabi to‘kiluvchi tovarlarini tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material yopilgan bo‘lishi kerak;

velosiped va moped haydashda rulni ushlamasdan yoki bir qo‘lda ushlab harakatlanish taqiqlanadi.

Bundan tashqari o‘zgartirishlar bilan 28 ta yangi yo‘l belgilari kiritildi.

Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish, radar, piyoda va velosipedchilar uchun tashkil etilgan yo‘lak kabi belgilar shular jumlasidandir.

O‘zgartirishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют